Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
-Jarqo'rg'on tumani tashkil topganining 95 yilligiga- JARQO'RG'ON TUMANI TARIXIDAN: Urushdan keyingi yillarda tuman sanoati taraqqiyoti
Tadbirlar / 2021-03-05

(Davomi).

   Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda yoqilg'i sanoati rivojida ham ma'lum ijobiy ishlar amalga oshirildi. Surxondaryo viloyati neft sanoati xodimlari urushdan keyingi qiyinchiliklarga qaramasdan g'ayrat bilan mehnat qildilar. "Voroshilovneft" trestining neft koni sanoati Zarbdor musobakani keng yoydirib, neft mahsulotlarini qazib chiqarishda yangi muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritdilar.
   Parmalovchi Isoqov, Ibrohimov, Quliev va Turdievlar yangi neft quduqlarini ishga solish uchun kunlik normalarini 150 foizga etkazib ado etdilar. Qurilish-montaj brigadasining ishchilari ham ishlab chiqarish rejasini 160 foizga bajarib, parmalash ishlarini jadallik bilan borishiga katta yordam berdilar.

   Kakaydi neft koni - 72505 tonna, lalmikor - 122795 tonna, Hovdak neft konidan esa - 7453 tonna neft qazib olindi. Chuqur nasoslar yordamida 174040 tonna, fontan yo'li bilan esa 28113 tonna neft qazib olindi. Jami neft quduqlari soni Hovdakda 22 tani, Kakaydida 38 tani, lalmikorda 48 tani tashkil qildi. 1970 yilda "Jarqo'rg'onneft" boshqarmasi tomonidan neft konlaridan 5638 tonna, Kakaydi neft konidan 53688 tonna, Lalmikordan - 11720 tonna, 1970 yilda bu konlardan jami 198040 tonna neft, 151003 tonna gaz qazib olindi.

   Jarqo'rg'on beton mahsulot realizasiya qilish rejasi - 105,0, 1980 yilda 1979 yilga nisbatan 114,4 foiz, yalpi mahsulot ishlab chiqarish va mehnat unumdorligining oshirilishi bo'yicha esa 106, 4 foizga bajarildi. Surxanstroy Jarqo'rg'on qurilish-montaj boshqarmasi 1976 - 1980 yillarda rejani 170 foizga bajarishga erishdi. Shu davr ichida 39 mln. so'mdan ziyod qurilish-montaj ishlari bajarildi. Boshqarma kuchi bilan bajarilgan ish 19, 5 mln. so'mni tashkil etdi. 2155 gektar er o'zlashtirilib, qishloq xo'jalik oborotiga kiritildi. 1976 - 1980 yillarda Jarqo'rg'on temir beton zavodi, Kakaydi nasos stantsiyasining 2-navbati foydalanishga topshirilib, ushbu qurilishga E. Turdiev rahbarligidagi "Surxonirstroy" tresti xizmat qildi. 1976 - 1980 yillar Jarqo'rg'on ahliga 68 ming kv. m turarjoy binolari, 3632 o'rinli o'rta ta'lim maktablari, 2735 o'rinli maktabgacha bolalar muassasalari qurib foydalanishga topshirildi.
   1988 yil yanvaridan Jarqo'rg'on neft ishlab chiqarish birlashmasi to'liq xo'jalik hisobiga o'tib ishlay boshladi. Surxon parmalash ishlari bosharmasida 1989 yilda 380 nafar neftchilar mehnat qildilar.

   Bu davrda neft qazish ishlari 2,5 barobarga o'sdi. Tabiiy gazning o'sishi ham bu yillarda ko'payib bordi. Bu yillarda tumanda sanoat korxonalarini qurish nihoyatda sust olib borildi. Qurilgan sanoat korxonalari ham asosan xomashyoga dastlabki ishlov berishga ixtisoslashgan edi. Shunga qaramasdan Jarqo'rg'on tumanining fidoyi insonlari tuman sanoati korxonalari sonini ko'paytirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish borasida tinimsiz harakat qilib, viloyat va Respublika sanoatining yuksalishiga o'zlarining munosib hissalarini qo'shdilar.


Jarqo`rg`on tuman hokimligi Axborot xizmati.

Ro`yxatdan o`tish
2 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?