Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
MAHALLALARDA XAYRIYA HASHARI
Tadbirlar / 2021-03-13

   "Navro'z" umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko'rish, shuningdek mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish maqsadida 2021 yil 13 mart kuni mamlakat barcha hududlarida "Obod va ko'rkam mahallam" obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hasharini o'tkazish belgilangandi. Shu munosabat bilan bugun Jarqo'rg'on tumanidagi barcha mahallalar, muassasa va tashkilotlarda xayriya hashari ko'tarinki kayfiyatda bo'lib o'tdi.

   Hashar davomida mahallalardagi yo'l bo'ylari, qabristonlar hamda ko'p qavatli uylar oldilari obodonlashtirilgan bo'lsa, ariqlar yoqalari, bo'sh turgan maydonlarga turli xil mevali hamda manzarali ko'chatlar o'tqazilib, ko'kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.


Jarqo'rg'on tuman hokimligi axborot xizmati.

 

Ro`yxatdan o`tish
10 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?