Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
MAHALLALAR OBOD BO'LMOQDA
Tadbirlar / 2021-03-15

   Joriy yilda Jarqo'rg'on tumanida 5 ta mahallada obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda. Ayni kunlarda "Avlod" mahallasi hududida ichki yo'llar kengaytirilib, tosh yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari elektr liniyalari ta'mirlanib, yangi ustunlar va transformator o'rnatish ishlari ham yakunlanmoqda.

Bunday o'zgarishlar esa mahalla ahliga qulaylik yaratibgina qolmay, ularning turmush tarzini yaxshilashga ham xizmat qilmoqda. Bundan tashqari, hududni rivojlantirish maqsadida bir gektar maydonda zamonaviy ko'chatchilikka ixtisoslashgan issiqxona, meva-sabzavotlarni yig'ish va sotishni tashkil etish maqsadida logistika markazi hamda boshqa maishiy va xizmat ko'rsatish nuqtalari, chorvachilik kompleksi barpo etilishi bo'yicha loyihalar taklifi ishlab chiqilgan. Ushbu loyihalar amalga oshirilgach, mahallaning mingdan ortiq aholisi doimiy va mavsumiy ish o'rniga ega bo'ladilar.


Jarqo'rg'on tuman hokimligi axborot xizmati.

Ro`yxatdan o`tish
10 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?