Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
Jarqo'rg'onda yoshlarning hech bir murojaati e'tiborsiz qoldirilmadi
Tadbirlar / 2021-03-16

   Bugun Jarqo'rg'on tumanida ichki ishlar vazirligining Surxondaryo akademik liseyida viloyat hokimi To'ra Bobolov boshchiligida viloyat sektorlari rahbarlarining "yoshlar daftari"ga kiritilgan jarqo'rg'onlik yigit-qizlar bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

   Unda tumanning 3-sektori hududida istiqomat qiluvchi "yoshlar daftari"ga kiritilgan 250 nafardan ortiq yigit-qizlar, masalaga aloqador viloyat va tuman tashkilotlari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

   Jarqo'rg'on tumanining 3-sektori tarkibiga kiruvchi 24 ta mahallada jami 81 ming 73 nafar aholi istiqomat qiladi. Ushbu aholining 19 ming 855 nafari 18-30 yoshgacha bo'lgan yigit-qizlar bo'lib, ularning 1489 nafari "yoshlar daftari"ga kiritilgan.

   Uchrashuvda viloyat sektorlari rahbarlari – viloyat hokimi T.Bobolov, viloyat prokurori S.Turdiev, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i A.Ismoilov, viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig'i S.Eshmatov, Milliy gvardiyaning viloyat bo'yicha boshqarmasi boshlig'i Sh.Saidov, DXX viloyat boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari D.Bektemirov yoshlarni qiziqtirgan masalalar, o'ylantirayotgan muammolarni tinglab, hech bir murojaatni e'tiborsiz qoldirmasdan barchasiga tegishli tartibda ijobiy echim topdilar.

   Xususan, O.Jumaeva, N.Mamatqulova, B.Nurboev, Q.Ortiqova, O'.Xudoyorov, A.Ibodulaev, A.Xushboqov, J.Xudoyberdieva singari o'nlab yoshlarning doimiy ish bilan bandligi ta'minlanadigan, oliy ta'lim muassasalarida to'lov-shartnoma asosida o'qiydigan Sh.To'raboev, Yu.Qurbonov, Q.Ortiqovaga, shuningdek, o.Umarovaning farzandlariga 50% shartnoma pullari to'lab beriladigan bo'ldi.

   Tumanning "polvonlar yurti" mahallasida yashovchi Sevara Xo'jaqulova 2 kilometr masofadagi ichki yo'llarni ta'mirlashni so'radi. Sevaraning murojaati ijobiy echim topdi. Yo'lsozlar ikki kunda ta'mirlash ishlarini boshlaydigan bo'ldi. Tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yish uchun S.O'rozova, U.Ollomurodov, S.Karimova, Sh.Mamashukurov, A.Xudoyberdev, O.Shoto'raeva, A.Hayitovaga bank kreditlari aratish, Sh.Rahmatullaev, G.Boymurodova, U.Iskanov, M.Xolmurodov, F.Mansurov, F.Xo'jamqulovga er olishga ko'maklashish yuzasidan mutasaddilarga ko'rsatmalar berildi.

   Shu tariqa, Jarqo'rg'on tumanida o'tkazilgan uchrashuvda yoshlar tomonidan o'rtaga tashlangan masalalarni birgalikda hal etish yo'llari izlandi. Ularning qator taklif va tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash choralari Ko'rildi.

Jarqo'rg'on tuman hokimligi axborot xizmati.

 

Ro`yxatdan o`tish
3 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?