Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
BIZNES-FORUM BO‘LIB O‘TDI
Tadbirlar / 2021-07-24

   Avval xabar qilganimizdek, Tojikistonning Xatlon viloyati  delegatsiyasining vohamiz bo‘lib turibdi. Bugun mehmonlarning dastlabki tashrifi Termiz tumanidagi muborak qadamjolar jumladan, Sulton Saodat  va Hakim Termiziy maqbaralari ziyoratidan boshlandi.

   Shundan so‘ng, mehmonlar Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov, Xatlon viloyati raisi Qurbon Hakimzoda hamda Tojikistonning mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Aziz Rahmonzoda Sherobod tumanidagi Imom Termiziy majmuasiga tashrif buyurdilar.

   Shuningdek, Sherobod tumanidagi "Abdulazizov Ziyodullo Baxriddinovich" anorchilik fermer xo‘jaligi, "Sardorbek Sultonbek" mas’uliyati cheklangan jamiyatining anorni qayta ishlash korxonasi, Angor tumanidagi "Angor Surxon g‘ururi" paxta-to‘qimachilik klasteri dalasida bo‘lishib, bu joylardagi ish jarayonlari bilan tanishdilar.

   Tushlikdan so‘ng, Surxondaryo va Xatlon hududlari ishbilarmonlarining biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov, Xatlon viloyati raisi Qurbon Hakimzoda, Tojikistonning mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Aziz Rahmonzoda, ikki qo‘shni viloyatning shahar va tumanlari hokimlari, soha rahbarlari, qator ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdilar.

   Tadbirda so‘zga chiqqan Surxondaryo hamda Xatlon viloyatlari rahbarlari o‘z nutqlarida hududlararo savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishning, shuningdek, ikki viloyat ishlab chiqaruvchilari resurslari va texnologik imkoniyatlarini birlashtirishning keng istiqbollari haqida so‘z yuritishdi.

   Hududlardagi tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning faol hamkorlik qilishi hamda o‘zaro manfaatli loyiha va tashabbuslarni amalga oshirishi muhimligi ta’kidlandi.

   Surxondaryo viloyati hokimligida tashkil etilgan Surxondaryo va Xatlon viloyatlari ishbilarmonlarining biznes-forumida O‘zbekiston hamda Tojikiston Respublikalari, jumladan, Surxondaryo va Xatlon viloyatlarining investitsion imkoniyatlari, eksport salohiyati to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi.

    Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari Anvar Oripov hamda Xatlon viloyati hokimining o‘rinbosari Zarobiddin Qudrat Fayzullozoda ishtirokchilarga viloyatlar hududlarining investitsiya, eksport, turizm salohiyati va imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirdilar.

   Tadbir davomida Surxondaryo va Xatlon viloyatlari, shuningdek, ikki viloyatning shahar va tumanlari hokimlari tomonidan o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha memorandumlar imzolandi. Bulardan tashqari, forum doirasida surxondaryolik va xatlonlik hamkorlar bilan qator eksport va investitsiya kelishuvlariga  ham erishildi.

   Forum yakunida tomonlar esdalik sovg‘alarini almashishdi.

Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati.

Ro`yxatdan o`tish
3 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?