Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
MATBUOT ANJUMANI BO‘LIB O‘TDI
Tadbirlar / 2021-10-20

    Jarqo‘rg‘on tuman hokimligida tuman hokimi B.O‘raqov ishtirokida “Tumandagi saylov uchastkalarining jarayonga tayyorgarligi to‘g‘risida” matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda tumandagi jurnalist hamda ijtimoiy tarmoq faollari ishtirok еtdilar.

   Dastlab, tuman hokimi B.O‘raqov tomonidan tumandagi saylov uchastkalari bo‘yicha yig‘ilganlarga axborot berib o‘tildi. Shundan so‘ng, jurnalist va ijtimoiy tarmoq faollarining mavzu yuzasidan bergan savollariga javoblar berildi. Anjuman davomida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olinib, ularga saylov jarayonlari yoritilishda yanada faollik ko‘rsatishlari lozimligi taklif etildi. 

Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati.

Ro`yxatdan o`tish
2 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?