Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
YO‘LLAR OBOD BO‘LMOQDA
Tadbirlar / 2021-10-21

   Jarqo‘rg‘on tumanini kesib o‘tuvchi “Beshkek-Dushanbe-Termiz” M-41 yo‘liga tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi xizmat ko‘rsatadi. Ayni kunlarda ushbu yo‘lning 1549-1606 kilometrlarida ta’mirlash ishlari olib borilib, uning holati yaxshilanmoqda. Bu esa transport vositalarining ravon harakatlanishlari uchun imkon yaratmoqda.

   Bundan tashqari, tuman hokimligi, Obodonlashtirish boshqarmasi hamda Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi hamkorligida ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari olib borilmoqda. Kuni kecha esa bu ishlar ham davom ettirilib, “Yangiobod” mahallasidagi Furqat ko‘chasi hamda “Mehnatobod” mahallasidagi Kunchiqish ko‘chalariga ana shunday qum-shag‘al to‘kilib, tekislab berildi.

Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati.

Ro`yxatdan o`tish
5 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?