Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
JARQO'RG'ONDA NAVRO'Z TANTANALARI
Tadbirlar / 2021-03-17

   Bugun Jarqo'rg'onning "Qo'shtepa" adirliklarida erta tongdan "Navro'z" ayyomi tantanalari ko'tarinki kayfiyatda boshlandi. Tuman korxona, tashkilot, muassasalari, mahallalar yig'inlari tomonidan sumalaklar qaynatilib, bayram dasturxonlari tuzaldi.

   "Qo'shtepa" adirliklari bag'rida tashkil etilgan tantanalarda dastlab tuman hokimi B.O'roqov o'rinbosarlari hamda sektor rahbarlari hamrohligida qaynatilgan sumalaklardan tatib ko'rishib, tuzalgan dasturxonlar, milliy buyumlar ko'rgazmalari bilan yaqindan tanishib chiqdilar.

   Shundan so'ng, tuman hokimi B.O'roqov tomonidan bayram tabrigi yo'llanib, tantanalarning badiiy qismi boshlanib ketdi. Unda tumanimizning nomdor san'atkorlari, folklor jamoalarining badiiy chiqishlari bilan davom ettirildi.

   Ayniqsa, tumandagi harbiy qism xizmatchilarining badiiy va harbiy ko'rinishlarni namoyish etishlari esa yig'ilganlarning olqishlariga sazovor bo'ldi.

   Tantanalar davomida bir tomonida tsirk tomoshalari, ikkinchi tomonda esa milliy kurash va rqon tortish musobaqalari tashkil etilib, tuman ahlining bayram kayfiyatiga ko'tarinkilik ulashdi.

   Bayramona kayfiyat tuman mahallalari bo'ylab turfa tadbirlarda davom etmoqda.


Jarqo'rg'on tuman hokimligi axborot xizmati.

Ro`yxatdan o`tish
3 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?