Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
MAKTABGA TASHRIF SOVG'ASI BILAN BO'LDI
Tadbirlar / 2021-03-03

   O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri o'rinbosari Temur Komilov, viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi boshlig'i suluv Hamidova hamda Jarqo'rg'on tumani hokimi Bahodir O'roqov tumanimizdagi 58-umumta'lim maktabiga tashrif buyurishdi.

   Ular sinfxonalarga kirib, dars jarayonlarini kuzatishdi va 9 - hamda 11-sinf o'quvchilari bilan suhbatlashdilar. Matematika va boshqa fanlardan savol - javoblar tashkil etishdi.

   Tashrif oxirida maktab pedagogik jamoasi bilan ochiq muloqot o'tkazildi. Ulardagi muammolar haqida so'ralib, taklif-mulohazalari tinglandi. Maktabda ta'lim sifatini oshirish masalasi muhokama etilib, zarur topshiriqlar berildi.

Shuningdek, vazir o'rinbosari tomonidan ushbu ta'lim muassasasiga 16 dona kompyuterlar jamlanmasi tuhfa qilindi.


Jarqo'rg'on tuman hokimligi axborot xizmati.

Ro`yxatdan o`tish
23 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?