Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
SOVG‘ALAR ULASНILDI
Tadbirlar / 2021-05-10

   Tumanimizda ikkinchi Jahon urushi qatnashchilari bir nafar qolgan bo‘lsa, front ortida xizmat qilgan nuroniylarimiz soni ham kun sayin kamayib bormoqda. Tuman hokimligi tashabbusi bilan tashkilot va ta’lim muassasalari hamda hokimlik vakillari tomonidan front ortida xizmat qilgan nuroniylar ham eslanib, sovg‘alar ulashib chiqildi.

    Bundan tashqari tumanimizda yana bir janggohlar dahshatini ko‘rgan insonlar borki, ular 1979-1989 yillar oralig‘ida Afg‘oniston davlatida o‘z yigitlik burchini ado etishib, ushbu davlatda tinchlik o‘rnatilishi harakatlari ishtirok etib qaytishganlardir. Ayni bayram kunlarda ularga ham tuman hokimligi tomonidan estalik sovg‘alari ulashildi. Tadbir davomida ular uchun konsert dasturi ham namoyish etildi.

Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati.

Ro`yxatdan o`tish
16 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?