Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
BUNYОDKORLIK ISНLARI: QISQA SATRLARDA
Tadbirlar / 2021-05-11

   Jarqo‘rg‘on tumanida ham bugungi kunda ulkan qurilish va bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Bu esa xalqimiz uchun keng imkoniyat va sharoitlarni yaratib berishda amalga oshirilayotgan ishlardir. Jumladan:

   *Tumandagi “Oqtepa” mahallasining “Qizilmazor” massividagi (Motokross musobaqalari o‘tadigan joy)  qabriston yonida zamonaviy ko‘rinishdagi ojatxona va tahoratxona homiy tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilmoqda.

*“Qo‘shtepa” mahallasidagi 9-sonli umuta’lim maktabi binosi mahallada aholi sonining ortishi natijasida maktab binosida dars o‘tish uchun 2-smenada dars o‘tilsada sinfxonalar yetishmasligi kuzatila boshlagandi. Shu bois Investitsiya dasduri asosida 300 o‘ringa mo‘ljallangan qo‘shimcha bino qurilishi ishlari ham boshlanib ketdi.

   * Surxondaryo daryosining keskin burilish hosil qilib oquvchi o‘zanlari temir-beton ishlari amalga oshirilgan holda shibbalanmoqda. Bu esa aholi yashash hududlariga daryo o‘zani o‘z yo‘lini o‘zgartirib, o‘pirishlar sodir etishi oldini olishga qaratilgan tadbirlardir.

  * Tumandagi 48-sonli umumta’lim maktabi holati ham juda achinarli holatga kelib olganligi bois, bu joyda ham investesiya dasturi asosida qurilish ishlari boshlab yuborildi.

   *“Markaziy surxon“ mahallasida “Obod mahalla” dasturi asosida ichimlik suv ta’minoti inshooti qurilish ishlari ham boshlab yuborildi.

Jarqo`rg`on tuman hokimligi Axborot xizmati.

Ro`yxatdan o`tish
23 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?