Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
BUGUN XALQARO HAMSНIRALAR KUNI
Tadbirlar / 2021-05-12

   12 may — Xalqaro hamshiralar kuni arafasida Prezidentimiz tomonidan imzolangan Farmonga ko‘ra, 20 ming nafardan ortiq tibbiyot xodimlari uchun yangi ish o‘rinlari yaratilishi katta tarixiy voqelik bo‘ldi.  Bugungi kunda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi tibbiyot muassasalarida 300 ming nafardan ortiq o‘rta tibbiyot xodimlari faoliyat yuritmoqda.

   Kuni kecha esa tuman Tibbiyot birlashmasi rahbariyati tashabbusi bilan bir guruh faol o‘rta tibbiyot xodimlari bayram munosabati bilan taqdirlandi. Marosimda tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i O‘. Mo‘minov ishtirok etib, hamshiralarni bayram bilan qutladi hamda ularga sovg‘alar ulashdi.

    Hamshiralarning mamlakatimizdagi tibbiyot muassasalari, shoshilinch va tez tibbiy yordam xizmati tizimidagi faolligi, fidoyiligi hamda koronavirus infeksiyasining oldini olish, kasallikka chalingan bemorlarni davolash borasidagi matonatiyu patronaj tizimining asosiy bo‘g‘ini sifatidagi faoliyati ayni kunlarda tahsinga sazovor bo‘lmoqda. Ularga faoliyatida hamisha omadlar yor bo‘lishini tilab qolamiz.

Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati.

Ro`yxatdan o`tish
14 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?