Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
YОZGI OROMGOHLARDA
Tadbirlar / 2021-06-09

   Joriy yilda Jarqo‘rg‘on tumanidagi 10 ta ta’lim maskanlarida yozgi oromgohlar tashkil etildi. Bu oromgohlar 7-, 11-, 25-, 36-, 19-, 33-, 23-, 24-, 54-sonli umumtalim maktablari hamda 12-sonli aniq fanlar chuqurlashtirib o‘rgatiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tashkil etildi.

   Ayni kunlarda ushbu ta’lim maskanlarida o‘quvchilar har biri yigirmata boladan iborat guruhlarda ta’lim-tarbiya olmoqdalar. Oromgohlarda o‘qish, matematika, rus tili kabi fanlar hamda sport to‘garaklari bolalar uchun tashkil etilgan bo‘lib, ularning bo‘sh vaqtlari ko‘ngilli o‘tishiga xizmat qilmoqda.

   Tumandagi 25-son maktabda tashkil etilgan “Rohat” nomli oromgohda bo‘lganimizda ham ikki guruh bolalarga o‘qish va rus tili fanlaridan “Barkamol avlod” bolalar maktabi o‘qituvchi-murabbiylari tomonidan o‘tilayotgan to‘garaklar jarayoni bilan tanishdik. Shuningdek, bu joyda bolalarning sport o‘yinlariga qiziqishlarini boyitish maqsadida alohida xona tayyorlangani, bolajonlarning bo‘sh vaqtlari sermazmun o‘tishiga xizmat  qilmoqda.

Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati.

Ro`yxatdan o`tish
15 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?