Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
SEKTOR RAHBARI VA YОSНLAR UCНRASНUVI
Tadbirlar / 2021-06-09

   Jarqo‘rg‘on tumanida yoshlar oyligi davomida tadbirlar, tanlovlar bilan bir qatorda yoshlarning sektor rahbarlari bilan uchrashuvlari ham tashkil etilmoqda. Bugun shunday uchrashuv 2-sektor rahbari, tuman prokurori B.Haydarov bilan bo‘lib o‘tdi. Unda sektor hududidagi mahallalarda yashovchi uyushmagan hamda bitiruvchi yoshlari ishtirok etdilar. Tumandagi 61-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan uchrashuv erkin, ochiq hamda samimiy ruhda o‘tdi. Yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savollari, takliflari hamda muammolari bo‘yicha sektor rahbari bilan muloqotda bo‘lishdi.

    Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan asosan ekin uchun yer maydoni ajratish, kredit olishda ko‘maklashish, sport mashg‘ulotlari uchun anjomlar ajratish bo‘yicha murojaat qilishdi. Bildirilgan murojaatlarning ayrimlari joyida hal etilgan bo‘lsa, qolganlari o‘rganib chiqilib, hal etilishi bildirilib, har bir murojaat nazoratga olindi.

Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati.

Ro`yxatdan o`tish
20 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?