Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
YULDUZ KUMUSH MEDAL SOHIBASI
Tadbirlar / 2021-06-10

   Joriy yilning 4-6 iyun kunlari poytaxtimiz Toshkent shaxrida sportning Sambo turi bo‘yicha kattalar, yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda 16 ta mamlakatdan tashrif buyurgan 350 ga yaqin sportchilar medallar uchun kurash olib bordilar. Shular qatorida Jarqo‘rg‘on tuman Bolalar-o‘smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi Yulduz Muhammadieva ham ushbu turnirda munosib qatnashdi.

    Manzura Tursunova murabbiyligida tarbiyalangan Yulduzxon musobaqada +80 kg vazn toifasida ishtirok etib, 2-o‘rinni qo‘lga kiritib, kumush medal sohibasiga aylangani tumanimiz sportchilarining yana bir yutug‘idir. Sportchi qizimizga kelgusi  musobaqalarda bundan ham yuqori natijalarni qo‘lga kiritishiga ishonamiz.

Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati.

Ro`yxatdan o`tish
23 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?