Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
HOKIM VA YОSНLAR UCНRASНUVI
Tadbirlar / 2021-06-14

   Mamlakatimiz bo‘ylab barcha hududlarida “Yoshlar oyligi” doirasida ko‘plab tadbirlar, uchrashuvlar va loyihalar tashkil etib kelinmoqda. Bu borada Jarqo‘rg‘on tumanida ham iyun oyining har bir kunida tuman yoshlari uchun reja asosida uchrashuv va tadbirlar tashkil etilib borilmoqda.

   Navbatdagi ana shunday uchrashuvlardan biri 43-sonli umumta’lim maktabida tuman hokimi B.O‘raqov bilan uyushmagan hamda bitiruvchi yoshlar ishtirokida “Hokim va yoshlar uchrashuv” bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda kechdi. Unda yoshlar o‘zlarining takliflari, savollari hamda muammolari bilan murojaat qilishib, tegishli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

   So‘nggi vaqtlarda yoshlar uchun juda ko‘plab imkoniyatlar yaratilayotgani bois yoshlar undan  unumli foydalanib, o‘z kelajaklarini yo‘lga qo‘yishlari, yurtimiz ravnaqiga hissa qo‘shadigan munosib kadrlar bo‘lib yetishishlari lozimligi, tuman hokimi B.O‘raqov tomonidan alohida ta’kidlandi. Bu esa yoshlarimizning o‘zlariga bo‘lgan ishonchi yanada yuqori bo‘lishiga zamin yaratishi tayin.

Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati.

Ro`yxatdan o`tish
18 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?