Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
YОSН DZYUDOCHILARIMIZDAN MEDALLAR
Tadbirlar / 2021-06-14

   Mamlakatimizda sportga bo‘lgan e’tibor kun sayin ortib, ko‘plab sport turlari bo‘yicha yurtimiz bayrog‘ini yuqori ko‘tarayotganlar soni ortmoqda. Bu esa yaratilayotgan sharoitlar, tinimsiz tashkil etilayotgan musobaqalarning hosilasidir.

   Joriy yilning 10-12 iyun kunlari Samarqand shaxrida Dzyudo bo‘yicha 2009-2013 yillarda tug‘ilgan kichik o‘smirlar o‘rtasida Respublika ochik turniri tashkil etilishi ham, ana shunday tadbirlardan biri bo‘ldi. Unda ishtirok etgan Jarqo‘rg‘on tuman Bolalar-o‘smirlar sport maktabi yosh umidli dzyudochilari ham munosib ishtirok etib, yaxshi natijalarga erishdilar. Jumladan, 29 kg. vazn toifasida Yusupov Abdulaziz 1-o‘rinni, 35 kg. vazn toifasida Yo‘ldoshev Temur 2-o‘rinni hamda 32 kg. vazn toifasida Yusupov Bobur 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar. Ushbu yoshlarimizning kelgusida dunyo arenalarida ham yuqori natijalarga erishishlarida omadlar tilab qolamiz.

Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati.

Ro`yxatdan o`tish
8 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?