Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
TADBIRKORLAR MUROJAATLARI TINGLANDI
Tadbirlar / 2021-08-11

   Bugun Jarqo‘rg‘on tuman hokimligida tuman hokimi B.O‘raqov hamda sektor rahbarlari tomonidan tumandagi tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tumandagi tadbirkorlar o‘z loyihalari hamda faoliyatidagi to‘sqinliklar bo‘yicha murojaat qildilar.

   Tadbir davomida tadbirkorlar tomonidan o‘z faoliyatlarini yanada rivojlantirishda zarur bo‘ladigan kredit olish, yangi loyihalarni ishga tushirishda zaruriy yordam, o‘z biznesini kengaytirishda yer ajratilishi kabi bir qator masalalarda murojaat qildilar. Tuman hokimi va sektor rahbarlari tomonidan ularga zaruriy maslahat va tushunchalar berilib, faoliyatini rivojlantirishlari uchun hamisha tayyor ekanliklarini aytib o‘tdilar.

   Tadbirkorlar bilan uchrashuvda ularning 60 dan ortiq murojaatlari tinglanib, tegishli mutasaddilarga tadbirkorlar faoliyati rivoji uchun yordamlarini ayashmasliklari, muammolarini o‘z vaqtida yechimini qilib berishlari zarurligi ta’kidlab o‘tildi. Qilingan har bir murojaat e’tiborga olinib, qayd etib borildi va ijrosi nazoratga olindi.

Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati.

Ro`yxatdan o`tish
21 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?