Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
SEMINAR BO‘LIB O‘TDI
Tadbirlar / 2021-08-12

   Bugun Jarqo‘rg‘on tumanida parrandachilik tarmog‘ini rivojlantirish hamda mahsulotlar yetishtirishda bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminarda viloyat hokimi o‘rinbosari U. Turapov, tuman hokimi B.O‘raqov, viloyat prokurori o‘rinbosari O‘.Saidov, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi o‘rinbosari B.Xidirov hamda Qumqo‘rg‘on, Muzrabod, Angor, Qiziriq, Sherobod, Termiz tumanlaridan sohaga aloqador korxona va tashkilot rahbarlari, parrandachilik sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar qatnashdilar.

   Seminarni tuman hokimi B.O‘raqov boshqarib bordi. Unda dastlab viloyat hokimi o‘rinbosari U.Turapov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Respublikamizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, shuningdek parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini yanada mustahkamlash hamda parrandachilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik sub’ektlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida chiqarilgani, bu borada har bir xonadonda parranda boqishning tashkil etilishi, davr talabi ekanligi haqida aytib o‘tdi. Bundan tashqari, aholining tomorqadan unumli foydalanilishiga erishilsa, aholimizning to‘kin yashashiga imkoniyat yaratilishi, buning uchun mahallalarda “drayver” shaklida mahsulot yetishtirishni shakllantirish har tomonlama qulayligiga alohida to‘xtaldi.

    Shundan so‘ng, so‘zga chiqqan Parrandachilik uyushmasi rahbari Q.Sharipov esa, viloyatda parrandachilik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar: aholi xonadonlarida boqilayotgan parranda zotlari va ularning xususiyatlari, naslchilik xo‘jaliklarida parvarishlanayotgan naslli parrandalar va ularning aholi xonadonlariga yetkazib berish ko‘rsatkichlari hamda parrandachilikni rivojlantirishda e’tibor berish lozim bo‘lgan tomonlari haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

   Tadbir yakunida seminar ishtirokchilari tumandagi “Beshbuloq” mahallasidagi aholi xonadonlarida bo‘lishib, uy sharoitida parrandachilikni rivojlantirish hamda tomorqadan unumli foydalanish bo‘yicha ishni tashkil etish sharoitlari bilan tanishgan bo‘lsalar, “Namuna parranda chorva” MChJda tuxum yetishtirish uchun boqilayotgan 10 ming bosh parranda kompleksi faoliyati bilan  ham tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati.

Ro`yxatdan o`tish
10 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?