Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
VAZIR O‘RINBOSARI SAYYОR QABULI
Tadbirlar / 2021-08-12

   O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbariyatining sayyor qabuli jadvaliga asosan Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumanida Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari A.To‘raev tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda tumandagi qishloq xo‘jaligiga aloqador tashkilotlar, fermerlar hamda fuqarolar sohaga oid muammolari bo‘yicha murojaat qildilar.

    Dastlab Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari A.To‘raev tomonidan hukumatimiz tomonidan sohada amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi. Shundan so‘ng, murojaatchilar bilan birma-bir uchrashib, ularning muammolarini tinglagan holda, yechimi bo‘yicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Viloyat va Respublika miqyosida hal etiladigan muammolar qayd qilib olini, ijobiy yechimlari qilinadigan bo‘ldi.

Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati.

Ro`yxatdan o`tish
22 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?