Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
NODAVLAT OILAVIY BOG‘CНALARDA
Tadbirlar / 2021-08-18

    Prezidentimiz tomonidan maktabgacha ta’limni yanada rivojlantirish, bolalarni bog‘chalarga jalb qilish bo‘yicha ham bir qator qarorlar chiqarilishi natijasida Jarqo‘rg‘on tumanida ham bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrovi yil sayin ortib bormoqda. Bu borada davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan bir qatorda oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ham o‘ziga xos o‘rni bor.

    Ayni kunlarda tumanimizdagi oilaviy bog‘chalarda ham bolajonlar uchun “Xayr bog‘cham” tadbirlari tashkil etilayotgani esa, bolajonlarga o‘zgacha quvonch ulashmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri, “Qoraburo” mahallasidagi 33-sonli oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib o‘tdi.

   25 nafar bola tarbiyalanayotgan ushbu bog‘chadan bu yil 4 nafar bolakaylar maktabga uchirma bo‘lmoqda. Gulshan Rahimova rahbarligidagi mazkur muassasada bolajonlar uchun yetarli sharoitlar yaratilgan bo‘lib, tarbiyachi S.Allamuratova hamda yordamchi G.Razzoqovalar bolajonlarning sevimlisiga aylanishgan.

Jarqo‘rg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati.

Ro`yxatdan o`tish
21 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?