Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
MAKTAB FORMALARI TARG‘IBOTI
Tadbirlar / 2021-08-19

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan mamlakatimizda Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash ishlari olib borilmoqda. Bu esa umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning kiyinish madaniyati va tartib-intizomga amal qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash, salomatliklarini muhofaza qilish uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish, ma’naviy va jismoniy sog‘lom avlodni kamol toptirishga xizmat qiladi.

    Ayni kunlarda tumanimizdagi umuta’lim maktablarida ham ota-onalar bilan Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi bosh mutaxassisi Sh.Normatov hamda targ‘ibot guruhi rahbari N.Halimovalar tomonidan уман Xalq ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda maktab formasi qanday bo‘lishi bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda. Tadbirlarda targ‘ibotchilarning fikrlari qo‘llab-quvvatlanib, ota-onalar tomonidan ham tavsiya etilayotgan maktab formalari har tomonlama qulay ekanligi e’tirof etilmoqda.

   Xullas, maktablarda o‘quvchilarning bir xil formada bo‘lishlari, ularning maktab o‘quvchisi ekanligini bildirib turish bilan birga, tabiiy matolardan tayyorlanganligi ular salomatligi uchun ham xizmat qiladi.

Jarqo‘rg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati.

Ro`yxatdan o`tish
23 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?