Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
IPOTEKA KREDITLARI BERISН TARTIBI O‘ZGARDI
Tadbirlar / 2021-09-10

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti mexanizmlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimining qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash, ipoteka krediti bozorini yanada rivojlantirish, xususiy pudrat tashkilotlarini uy-joylar qurilishiga keng jalb qilish hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida bir qator hujjatlarga o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritildi.

   Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 23 avgustdagi 537-son qarori, Viloyat hokmining 2021 yil 27-avgustdagi 123-8-0-Q/21 qaroriga asosan Jarqo‘rg‘on tumanida yashavchi fuqorolar 30 ta Termez shaxridan va 30 ta Jarqo‘rg‘on tumanidan yangi qurilayotgan uy joylardan olish imkoniyati mavjud bo‘ldi.

   Ushbu imkoniyatdan foydalanib, subsidiya olish uchun ariza beruvchilar tuman  Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etishi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda anketa-arizani elektron tarzda to‘ldirishi mumkin.

Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati.

Ro`yxatdan o`tish
1 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?