Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
Prezident Tokioda o‘tgan XVI Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Tadbirlar / 2021-09-10

   Prezident Shavkat Mirziyoyev Tokioda o‘tgan XVI Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari bilan uchrashuv o`tazdi.

   Marosimda parlament a’zolari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ota-onalar, ustoz va murabbiylar qatnashdilar.

   Davlatimiz rahbari musobaqa ishtirokchilari, ularning timsolida butun xalqimizni O‘zbekiston terma jamoasining Paralimpiya o‘yinlarida qo‘lga kiritgan ulkan g‘alabasi bilan muborakbod etdi.

   – Sizlarga olgan orden-medallaringiz, ko‘rsatgan jasorat va matonatlaringiz uchun katta rahmat aytaman. Hammamiz olis Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan XVI Paralimpiya o‘yinlarini katta hayajon va cheksiz faxr bilan kuzatib bordik. Barchangizga ma’lum, bu gal terma jamoamiz 8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Ana shu qimmatli 19 ta medalning 11 tasi, shijoatli sportchi qizlarimiz tomonidan qo‘lga kiritilgani tariximizda misli ko‘rilmagan voqeadir, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

   Paralimpiya o‘yinlarida mamlakatimiz terma jamoasi 160 dan ziyod davlat o‘rtasida – o‘n oltinchi, Osiyo qit’asi va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida – to‘rtinchi, Markaziy Osiyoda esa – birinchi o‘rinni egalladi.

   Yapon zaminida g‘olib sportchilarimiz sharafiga har gal madhiyamiz yangrab, Vatanimiz bayrog‘i baland ko‘tarilgani qalblarimizni cheksiz iftixorga to‘ldirdi.

   - Men ushbu taqdirlash marosimiga ustozlaringiz bilan birga ota-onangizni ham chaqirdim. Bilasizmi, ota-ona uchun eng katta baxt – bolasining kamolini ko‘rish. O‘zingiz ham ota-ona bo‘lganingizda yaxshiroq tushunasiz. Men sizdek farzandlarni tarbiyalaganlari uchun ularga ta’zimdaman va minnatdorman, - dedi prezident.

   E’tiborli tomoni, Yaponiyadagi qattiq karantin qoidalari sababli naq 25 nafar paralimpiyachimiz musobaqalarda qatnasholmadi. Agar ular qatnashganda, medallarimiz yanada ko‘proq bo‘lishi aniq edi.

   — O‘z yo‘nalishlarida g‘oliblikka asosiy da’vogar hisoblangan Lobar Xurramova, Sevinch Salaeva, Vasila Aliboeva singari dzyudochi qizlarimiz shunday sabablar tufayli bahslarda ishtirok eta olmadilar. Umid qilamizki, ular keyingi safar o‘zlarining nimalarga qodir ekanligini albatta isbotlashadi,- dedi prezident.

Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati.

Ro`yxatdan o`tish
4 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?