Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
ZAMONAVIY QIYОFA KASB ETAYОTGAN MAKTABLAR
Tadbirlar / 2021-09-11

    Keyingi yillarda mamlakatimizda umumta’lim maktablariga e’tibor yanada kuchaytirilmoqda. Maktablarda 10-11-sinflar o‘qishni davom ettirishi natijasida, sinf xonalariga bo‘lgan ehtiyoj ham orta boshladi. Ayniqsa, tumandagi 9-sonli maktabda o‘quv xonalari yetishmasligi natijasida muammolar kelib chiqa boshlagandi. Shu sabab, qisqa muddat ichida bu yerda qo‘shimcha bino qurish hamda eski binoni joriy ta’mirlash ishlar joriy yil may oyida boshlab yuborildi.

    Ushbu maktab rekonstruksiyasi uchun investitsiya dasturi asosida 2775,56 mln. so‘m mablag‘ ajratilib, “Mukammal ta’mirlash invest” xususiy korxonasi tomonidan uch muddat ichida qo‘shimcha bino qurilib, eski binosi kapital ta’mirdan chiqazildi.

    Bundan tashqari, tumandagi 48-son umumta’lim maktabi ham moslashtirilgan binoda o‘quv jarayonlari o‘tkazib kelinardi. Bu joyda ham investitsiya dasturi asosida 3683,7 mln. so‘m mablag‘ ajratilgan holda zamonaviy maktab binosi “Fayz paxta servis” MChJ tomonidan qurilib, foydalanishga topshirildi.

   Yangi o‘quv yilini zamonaviy binoda boshlagan mazkur ta’lim maskanlari o‘qituvchi va o‘quvchilarining quvonchi cheksiz.

    Mahalliy  budjet mablag‘lari hisobidan esa oltita 2-, 6-,16-, 18-, 23-, 26-sonli umumta’lim maktablarida kapital ta’mir ishlari amalga oshirilishi belgilangan bo‘lib, bu ishlar ham yakuniga yetkazildi.

       Tumandagi 38-, 45-, 49-, 50-, 51-, 52- sonli umumta’lim maktablarida 10 ochkoli 80,5 mln. so‘mlik yangi hojatxona qurish ishlari ham rejalashtirilgan bo‘lib, hozirgi kunda 38-, 49-, 50-, 52-sonli umumta’lim maktablarida bu ishlar yakunlangan.

Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati.

Ro`yxatdan o`tish
  • Hozir saytda
  • 3 ta foydalanuvchi hozir saytda
So‘rov o‘tkazish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?