Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
QISНLOQ XO‘JALIGIDA ISНLAR QIZG‘IN
Tadbirlar / 2021-09-13

       Joriy yilda tumanimiz paxtakorlari 7065 gektar maydondan qariyib 25 ming tonna hosil ko‘tarishga ahd qilishgan. Bunda tumanda tashkil etilgan 151 ta terim otryadlari tomonidan kunlik rejaning 3,0-3,5 foizi miqdorida hosil yig‘ib olinib, xirmonga to‘kilmoqda.

   Sentabr oyining boshidayoq yillik rejani bajarib qo‘ygan “Agro Nur Diyor”, “Zafartepa dalalari”, “Panji Umid Bunyod”, “Beshbuloq MMS”, “Cho‘lbegi chinori”,  “Obod Baraka Siymo”, “Elomon Murodovich” kabi yermer xo‘jaliklari esa peshqadamlikni qo‘ldan bermayaptilar. Xullas, paxta dalalarida hosil mo‘l, uni nest nobut qilmasdan yig‘ib olishda terim otryadlari hormay-tolmay mehnat qilishayotgan bo‘lsalar, rejani bajargan xo‘jalik rahbarlari tomonidan ilg‘or terimchilar qo‘shimcha ravishda rag‘batlantirilib ham borilmoqda.

*   *   *

    Tumanda paxta yig‘im-terimi mavsumi bilan bir qatorda g‘alla kish ishlari ham jadal olib borilmoqda. Joriy yilda tumanimizda 8180 gektar maydonga g‘alla ekish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 3000 gektari ochiq maydonga, 5180 gektari esa g‘o‘za qator orasiga ekilishi rejalashtirilgan.

   Ayni kunlarda 200 gektardan ortiq ochiq maydonga, 50 gektarga yaqin g‘o‘za qator orasiga 2022 yil hosili uchun g‘alla ekish ishlari yakunlanib, sug‘orish ishlari boshlab yuborildi. Qolgan dalalrda ham yerlarni ekishga tayyorlar, mineral o‘g‘itlar berish ishlari davom etmoqda.

Jarqo`rg`on tuman hokimligi Axborot xizmati

Ro`yxatdan o`tish
2 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?