Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
TIL – MILLAT MA’NAVIYАTINING KO‘ZGUSI
Tadbirlar / 2021-10-20

   21 oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sanaladi. Shu munosabat bilan Jarqo‘rg‘onda ham turfa tadbir va kechalar tashkil etilmoqda. Bugun tumanimizdagi Markaziy madaniyat uyida “Til – millat ma’naviyatining ko‘zgusi” mavzusida ma’naviy-madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tuman hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi tuman bo‘linmasi, tuman Madaniyat bo‘limi, Xalq ta’limi bo‘limi, Maktabgacha ta’lim bo‘limlari hamkorligida o‘tgan tadbir yig‘ilganlarda o‘zgacha quvonch ulashdi.

    Dastlab, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi tuman bo‘linmasi rahbari U.Ibadullaev tuman hokimining bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Shundan so‘ng, tadbirning badiiy qismi bo‘lib o‘tdi. 1-son Maktabgacha ta’lim tashkiloti bolajonlarining quvnoq qo‘shiq va raqslari bilan boshlangan tadbirda tuman umumta’lim maktablari o‘quvchilari tomonidan tilga oid turfa sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar bilan davom etdi. Tumandagi taniqli san’atkorlar ijrosidagi rang-barang badiiy chiqishlar esa bayram tadbirining yanada ko‘tarinki o‘tishiga zamin yaratdi.

   Tadbir yakunida faol ishtirokchilarga tuman ma’anaviyat va ma’rifat kengashi tomonidan tashakkurnomalar taqdim etildi.

Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati.

Ro`yxatdan o`tish
2 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?