Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
KENGASH FAOLIYATI
Tadbirlar / 2021-11-17

   Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, taklif qilingan Jarqo‘rg‘on tumani Bandlikka ko‘maklashish markazi direktori U.Hamraevning Jarqo‘rg‘on tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Jarqo‘rg‘on tuman bo‘linmasi raisi S.Asatovning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 apreldagi 213-F-son farmoyishiga asosan “Mahalla” xayriya jamoat fondi Jarqo‘rg‘on tumani bo‘limi qoshida ochilgan “Sahovat va ko‘mak” jamg‘armasiga tushgan mablag‘larning sarflanishi haqida, tuman hokimining o‘rinbosari A.Aliyarovning tumanda ijtimoiy soha ob’ektlari va aholi xonadonlarining 2021-2022 yil kuz-qish mavsumiga tayyorlash va uni betalofat o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida hisobotlari eshitilib, muzokaralar olib borildi. Kun tartibidagi masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati.

Ro`yxatdan o`tish
21 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?