Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
KEKSALAR UCНUN TURIZM OYLIGIDA
Tadbirlar / 2021-11-19

   Avval xabar qilganimizdek tumanimizda ham “Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida tuman mahallalaridagi keksa nuroniylar viloyatimiz va tumanimizdagi bir qator tarixiy qadamjolarga turizm sayyohati uyushtirib kelinmoqda. Yaqinda Jarqo‘rg‘on tuman “Nuroniylar jamoatchilik kengashi”, tuman Turizm va sport bo‘limi hamda “Yoshlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hamkorligida mahallasida istiqomat qiluvchi bir guruh ijtimoiy faol nuroniylar viloyatimizdagi Sherobod va Termiz tumanlaridagi ziyoratgohlarga sayyohatga borib qaytdilar.

   Bundan tashqari, bir guruh nuroniylar tumandagi Jarqo‘rg‘on minorasiga sayyohatga borishib, minora haqidagi o‘z xotiralari bilan o‘rtoqlashdilar. Bunday sayуohatlar oylik davomida yana davom etadi.

Jarqo‘rg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati.

Ro`yxatdan o`tish
20 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?