Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
HOKIM VA YОSНLAR UCНRASНUVI
Tadbirlar / 2021-11-19

   Bugun Jarqo‘rg‘on tuman hokimi B.O‘raqov tuman yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda tumandagi mahallalarda tashkil etilayotgan yoshlar yetakchisi lavozimi uchun hujjat topshirgan yoshlar bilan muloqot bo‘lib o‘tdi.

   Uchrashuv jarayonida tuman hokimi tomonidan mahallalarda joriy etilayotgan yoshlar yetakchisi nima vazifalar bajarishi lozimligi, ular bilan o‘tkaziladigan suhbat jarayoniga nomzodlar qanday tarzda tayyorgarlik ko‘rishi kerakligi to‘g‘risida to‘xtalindi.

   Tadbir jarayonida yoshlar muammolarini o‘rganish, ularning murojaatlari bilan ishlash jarayonida e’tibor qaratish lozim vazifalar yuzasidan Yoshlar ishlari bo‘yicha tuman bo‘linmasi rahbariga topshiriqlar berildi.

   Shu o‘rinda shuni eslatib o‘tmoqchimizki, 2021 yil 20 noyabr kuni tuman hokimligi binosida mahallalarda joriy etilayotgan yoshlar yetakchisi lavozimi uchun suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tadi.

Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati.

Ro`yxatdan o`tish
17 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?