Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
MAHALLALARNING YOSHLAR YETAKCHILARI SARALANMOQDA
Tadbirlar / 2021-11-20

   Bugun Jarqo‘rg‘on tumani hokimligi binosida mahallalarning yoshlar yetakchisi lavozimiga hujjat topshirgan yoshlar bilan viloyat suhbat o‘tkazish komissiyasi tomonidan har bir nomzod bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazildi.

   Dastlab, suhbat o‘tkazish komissiyasi tuman hokimi B. O‘raqov ishtirokida jarayonni qay tarzda o‘tishi yuzasidan qisqa suhbat bo‘lib o‘tdi.

   Shundan so‘ng,  yoshlar yetakchisiga nomzodlar bilan suhbat jarayonlari boshlandi.  O‘tkazilgan suhbat jarayonlari ochiq-oshkora tarzda tashkil etilib, suhbat jarayonlari to‘liq tasvirga olib borildi.                                             

Jarqo‘rg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati.

Ro`yxatdan o`tish
16 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?