Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
KONSTITUTSIYA KUNIGA BAG‘ISHLAB
Tadbirlar / 2021-12-07

   8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Bosh qomusi qabul qilingan kun. Bugun tuman hokimligi tomonidan tumandagi 5-sonli Musiqa va san’at maktabida mazkur sanaga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

   Dastlab, Davlat madhiyasi yangradi, shundan so‘ng, tuman hokimi o‘rinbosari A.Radjabov tuman hokimining bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Tadbirda tuman Madaniyat bo‘limi, Musiqa va san’at maktabi hamda tuman Xalq ta’limi va Maktabgacha ta’lim bo‘limlari san’atkoru ijodkorlari o‘z chiqishlari bilan yig‘ilganlarga quvonch ulashdi.

   Tuman deputatlari, mahallalar o‘rinbosarlari hamda umumta’lim maktablari ma’naviyatchilari, ijodiy targ‘ibotchilar, harbiy qismlar askarlari ishtirok etgan tadbir bayramona ruhda o‘tdi. Konsert yakunida barcha san’atkorlar jo‘rovozlikda Vatanni madh etuvchi taronani kuylaganda barcha tomoshabinlar  ularni qarsaklar bilan olqishlab turdilar.

Jarqo`rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati.

Ro`yxatdan o`tish
17 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?