Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
BIZ KORRUPSIYАGA QARSНIMIZ
Tadbirlar / 2021-12-09

   9 dekabr – Birlashgan Millatlar tashkiloti tashabbusi bilan Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro konvensiya imzolangan kun sanaladi. Shu munosabat bilan Jarqo‘rg‘on tumanida ham "Biz korrupsiyaga qarshimiz”, “Yoshlar korrupsiyaga qarshi” shiorlari ostida maktablar, texnikum hamda muassasalarda turli tadbirlar tashkil etildi.

   Jarqo‘rg‘on biznes va yengil sanoat texnikumida "Yoshlar korrupsiyaga qarshi" shiori ostida tashkil etilagn tadbirda talabalar uchun mavzuga doir ochiq darslar, rasmlar va insholar ko‘rik- tanlovi tashkil etildi.

   Umumta’lim maktablarida ham bunday tadbirlar tashkil etilib, o‘quvchilarga korrupsiyaning salbiy oqibatlari bo‘yicha davra suhbatlari tashkil etilib, insholar tanlovi o‘tazildi.

Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati.

Ro`yxatdan o`tish
16 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?