Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
XALQ DEPUTATLARI JARQO‘RG‘ON TUMAN KENGASHIGA SAYLOV O‘TKAZUVCHI TUMAN SAYLOV KOMISSIYASI QARORI
Tadbirlar / 2021-12-10

XALQ DEPUTATLARI JARQO‘RG‘ON TUMAN KENGASHIGA SAYLOV O‘TKAZUVCHI TUMAN SAYLOV KOMISSIYASI

QARORI

 

Jarqo‘rg‘on  shahri                              25- son                       2021  yil  “ 7” dekabr

 

Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tuman Kengashi deputatligiga nomzodlarni ro‘yxatga olish to‘g‘risida

 

   Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal demokratik patiyasi, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi va O‘zbekiston Ekologik partiyasi tuman kengashlari tomonidan xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tuman Kengashi deputatligiga nomzodlarni ro‘yxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksining 20-, 90-, 91-, 92-moddalariga muvofiq Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tuman Kengashiga saylov o‘tkazuvchi tuman Saylov komissiyasi qaror qiladi:

   1.Xalq depuptatlari Jarqo‘rg‘on tuman Kengashi deputatligiga nomzodlar etib quyidagilar ro‘yxatga olinsin.

 

   1.Avazov Sharif Ramazanovich, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod,“Yangiobod” maxalla fuqarolar yig‘ini raisi.

   2.Babakulov Erkin Achildievich, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan nomzod, vaqtincha ishsiz.

   3.Xodjimatov Baxodir Sultonovich, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan nomzod, Jarqo‘rg‘on tumani 44-sonli umumta’lim maktabi direktori.

   4.Xudoynazarov Orifjon Narmat o‘g‘li, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan nomzod, Jarqo‘rg‘on tumani 1-sonli umumta’lim maktabi tarix fani o‘qituvchisi.

   5.Yusupov Chori Esanovich, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzod, O‘zbekiston XDP Jarqo‘rg‘on tuman Kengashi raisi.

   2.Tuman saylov komissiyasi kotibi A.Choriev xalq deputatlari tuman Kengashi deputatligiga nomzodlar ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi qarorni mahalliy matbuotda qonunda belgilangan muddatda e’lon qilinishini ta’minlasin.

  1. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari B.Jumayev zimmasiga yuklatilsin.

 

Komissiya raisi                                                                                B.Shomurzayev.

Ro`yxatdan o`tish
5 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?