Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
YO‘LLAR OBOD BO‘LMOQDA
Tadbirlar / 2022-01-12

   Surxondaryo viloyat hokimi T.A.Bobolov Jarqo‘rg‘on tumanida o‘tkazgan yig‘ilishida tumanimizdagi 4R-102 avtomobil yo‘lini (Angor tumanini Jarqo‘rg‘on tumani bilan bog‘lovchi yo‘lning Jarqo‘rg‘on tumanidagi qismi) ta’mirlab berishni va’da qilgandi. Ushbu ishni bajarilishi bo‘yicha viloyat Avtomobil yo‘llari boshqarmasi boshlig‘iga topshiriq qilingandi.

   Ayni kunlarda mazkur topshiriq asosida ushbu yo‘l viloyat Avtomobil yo‘llari boshqarmasi boshlig‘i J.Qilichov tomonidan Jarqo‘rg‘on va Denov tumanlari yo‘ldan foydalanish unitar korxonalari hamkorligida qayta ta’mirlash ishlari amalga oshirila boshlandi. Bundan xursand bo‘lgan shu yerlik aholi viloyat hokimiga o‘z minnatdorligini bildirishmoqda.

    Bundan tashqari tuman yo‘ldan foydalanish unitar korxonasi tomonidan M-41 “Termiz-Dushanbe-Beshkek” magistral yo‘lining Jarqo‘rg‘on shahridan o‘tgan qismida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati.

Ro`yxatdan o`tish
15 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?