Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
ARMIYА VA XALQ – BIR TANU BIR JON!
Tadbirlar / 2022-01-13

   Bugun Jarqo‘rg‘on tumanida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganligining 30 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Armiya va xalq – bir tanu br jon!” shiori ostida bayram tadbirlari boshlab yuborildi. Erta tongdan harbiy musiqa sadolari yangrab, tuman markazidagi Motamsora ona poyiga gulchambarlar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

   Ushbu marosimda tuman hokimligi, Prokuratura, Ichki ishlar bo‘limi, Milliy gvardiya bo‘limi, Mudofaa bo‘limi hamda harbiy qismlar xizmatchilari, tumandagi korxona, tashkilot va muassasalar xodimlari ishtirok etdilar.

   Bayram tadbirlari Kakaydi qo`rg`onida davom etadi.

Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati.

Ro`yxatdan o`tish
3 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?