Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
ARMIYА VA XALQ – BIR TANU BIR JON!
Tadbirlar / 2022-01-13

   Jarqo‘rg‘on tumanidagi Kakaydi qo‘rg‘onida joylashgan 1-sonli kasb-hunar maktabida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganligining 30 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Armiya va xalq – bir tanu br jon!” shiori ostida bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

   Armiya va xalqning jipisligini harbiylar hamda san’atkorlarning galma galdan namoyish etayotgan musiqiy chiqshlarida ham ko‘rish mumkin edi. Harbiy qismlar tomonidan harbiy texnikalar ko‘rgazmasi tashkil etilgani esa, sohaga qiziquvchi yoshlarimiz uchun ayni muddao bo‘ldi.

   Harbiy qismlar oshazlari o‘rtasida tashkil etilgan osh chempionati ham qizg‘in tus oldi. O‘zlarining bor mahoratini ishga solayotgan harbiy oshpazlar g‘oliblik uchun do‘stona bahs olib borishdilar.

   Harbiylarimizning Vatanimiz sarhadlarini qay tarzda himoya qilishayotganini aks ettiruvchi chiqishlar barchaning olqishiga sazovor bo‘ldi.

   Jarqo‘rg‘on tuman Bolalar-o‘smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchilari ham o‘zlarining sportdagi mahoratlarini namoyish etishdi.

   Tuman Madaniyat bo‘limi san’atkorlari va to‘garak a’zolarining chiqishlari tadbirga zavq bag‘ishladi.

   Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi tomonidan partiyaga a’zo harbiylar partiyaning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

   Bayram tadbirining konsert dasturi tuman Madaniyat bo‘limi san’atkorlarining jo‘rovozlikdagi Vatanni madh etuvchi qo‘shiqlari bilan nihoyasiga yetdi. Tumanimiz bo‘ylab bayram tantanalari davom etmoqda.

Jarqo‘g‘on tuman hokimligi Axborot xizmati.

Ro`yxatdan o`tish
2 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?