Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
YOSHLAR SIYOSATI AMALDA
Tadbirlar / 2022-01-31

   Kecha Jarqo`rg`on tumani hokimligida mahallalarda faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari faoliyati bo`yicha seminar tashkil etildi. Unda viloyat  va tuman hokimlarining yoshlar masalalari bo`yicha o`rinbosarlari,  Yoshlar  ishlari agentligining tuman bo’lim boshliqlari, Xalq ta’limi bo’limi boshliqlari va Jarqo’rg’on tumanining 66 ta mahalladagi yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi.

   Seminarda Jarqo’rg’on tumanining “Qiron” mahallasida faoliyati yoʻlga qoʻyilgan Yoshlar yetakchisi Sirojiddin Yunusovning bir kun, bir haftalik ish rejasi taqdimoti bo’lib o’tdi. Taqdimot so’ngida “Qiron” mahallasida tashkil etilgan “Bir nafar nuroniyga 10 nafar yosh” loyihasi doirasida davra suhbati tashkil etildi. Bunday tadbirlar esa tumandagi mahallalarda faoliyat boshlagan yoshlar yetakchilari uchun dasturul amal bo`lishi tayin.

Jarqo`rg`on tumani hokimligi Axborot xizmati.

Ro`yxatdan o`tish
12 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?