Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
YОSНLARNING BO‘SН VAQTLARINI MAZMUNLI O‘TKAZISН MAQSADIDA
Tadbirlar / 2022-02-02

     Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan joriy yilning 28 yanvar kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida umumta’lim maktablaridagi sport zallari, kompyuter xonalari hamda kutubxonalarning muntazam faoliyatini yo‘lga qo‘yilishi, bunda mahallalardagi uyushmagan yoshlarning ulardan unumli foydalanishlari uchun imkoniyatlar yaratib berilishi haqida aytilgandi. Mahallalardagi uyushmagan yoshlar kechgi soat 16-00dan keyin maktablardagi sport zallarida turli sport tadbirlarida ishtirok etishlari, kutubxonalarda ilmiy va badiiy adabiyotlardan bahramand bo‘lishib, kompyuterdan unumli tarzda foydalanishlariga imkon berishi ta’kidlangandi.

    Bu borada Jarqo‘rg‘on tumanidagi umumta’lim maktablarida ham ushbu maktablar joylashgan mahalla fuqarolar yig‘inidagi uyushmagan yoshlar ana shunday sport tadbirlarida turli musobaqalarda jamoaga bo‘lingan holda ishtirok etishmoqda. Kutubxonalardagi kitoblarni o‘qishib, kompyuterlardan unumli foydalanishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

   Kuni kecha tumandagi 2-sektor hududidagi mahallalardagi yoshlar shu hududdagi maktablarda turfa tadbirlarda ishtirok etishib, o‘zlari qiziqqan sohalarda turfa tadbirlarda qay tarzda ishtirok etayotganlari bilan tanishdik. Bu yerdagi uyushmagan yoshlar o‘rtasida har xil tadbirlar tashkil etilib, sektor rahbari tomonidan g‘oliblarining rag‘batlanitirib borilayotgani, ularning yanada faol bo‘lishlari uchun zamin yaratilayotgani isbotidir.

   Bunday tadbirlar tumanimizdagi barcha sektorlarda tashkil etilib, yoshlarning bo‘sh vaqtlari unumli hamda turfa bahs-munozaralarga boy bo‘layotgani, ularning sog‘lom va yetuk bo‘lishlari uchun keng imkoniyat yaratmoqda. Zero, ushbu tadbirlar natijasida ham tumanimiz yoshlarining orasidan mashhur sportchilar, olimu IT sohasi bilmdonlari yetishib chiqishi uchun imkoniyat bo‘lsa, ne ajab.

Jarqo‘rg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati.

Ro`yxatdan o`tish
15 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?