Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
MUROJAATCHI FUQAROLAR QABULI
Tadbirlar / 2022-02-22

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari tomonidan joylardagi ko‘p murojaat qiluvchi fuqarolar bilan har oyda tuman hokimi va o‘rinbosarlarining uchrashuvlari tashkil etib borilishi rejalashtirilgan.  Bundan asosiy maqsad joylardan tushadigan murojaatlar soni ortib ketmasligining oldini olishga qaratilgan.

    Kecha Jarqo‘rg‘on tuman hokimi birinchi o‘rinbosari A.Rahmatov tomonidan Jarqo‘rg‘on tuman Xalq qabulxonasida Xalq qabulxonasi mudiri O‘.Toshboev bilan birgalikda navbatdagi ana shunday fuqarolar qabulini o‘tkazdilar. Qabul jarayonida tumandagi ko‘p murojaat qiluvchilar muammolari tinglandi va ularning yechimi muhokama qilindi. Qabulda kelib tushgan har bir murojaat yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Jarqo‘rg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati.

Ro`yxatdan o`tish
23 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?