Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
LIBOS – MA’NAVIYAT KOʻZGUSI
Tadbirlar / 2022-02-22

   Kiyinish madaniyati – ma’naviyatimizni aks эttiruvchi omillardan biri. Yoshlarning, ayniqsa, qizlarning kiyinish madaniyati ko‘pchilik e’tiborida.     Shunday ekan, ularning qalbida milliy urf-odat, an'analarga mehr uyg‘otish, qizlarimizni “Zamonaviy” deb atalmish milliy qadriyatlarimizga zid ravishda taqlidiy libosda kiyinishdan asrash, ya’ni kiyinish odobiga rioya qilishga o‘rgatish bugungi dolzarb masalalardan biridir.

   Shu maqsadida tumandagi 1-son umumta’lim maktabida  tuman hokimi o‘rinbosari A.Radjabov raisligida tuman Xalq ta’lim va Ichki ishlar bo‘limi, bosh imom va  otinoyi, tuman bosh targ‘ibotchisi hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Jarqo‘rg‘on tuman bo‘yicha bosh mutaxassislari hamkorligida  ota-onalar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

   Unda ota-onalarga mavzu yuzasidan ma’lumotlar berilib, ularning bu boradagi muammolari bo‘yicha muhokamalar bo‘ldi.

Jarqo‘rg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati.

Ro`yxatdan o`tish
4 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?