Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
MAHALLADA TIBBIY KO‘RIK
Tadbirlar / 2022-02-23

    2022 yilda og‘ir hududlar deb topilgan 10 ta mahallalarda obodonlashtirish va tiklash ishlarini amalga oshirilishi bilan bir qatorda ulardagi aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni ham mahallalarning o‘zida amalga oshirilishi nazarda tutilgandi. Shu munosabat bilan bugun tumanimizdagi “Zartepa” mahallasidai 34-sonli umumta’lim maktabi sport zalida mahalla aholisi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

   Ushbu tibbiy ko‘rik tumanimizning malakali mutaxasislari hamda hududga xizmat ko‘rsatuvchi 26-sonli  Oilaviy poliklinikasi shifokorlaridan iborat ishchi guruh jalb etilgan. Bu yerda nevrapatolog, travmatolog, xirurg, ftiziatr, lor, endokrinolog, okulist va terapevt kabi mutaxassis shifokorlar hamda laboratoriya xodimlari aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqdalar.

Jarqo‘rg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati.

Ro`yxatdan o`tish
17 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?