Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
JARQO‘RG‘ONGA QOZOG‘ISTON ELCHISININGI TASHRIFI
Tadbirlar / 2022-02-23

    Bugun Jarqo‘rg‘on tumaniga Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Sotboldi Darxon Amongeldievich, Qozog‘iston Respublikasining Samarqanddagi Bosh konsuli Xasanov Kanat Abduaraimovich, Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi Kiikov Asker Meyrambekovich, Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchixonasi uchinchi kotiblari Arsen Abdurahmonov, Kurasbek Sadibekov, Qozog‘iston Respublikasining Samarqanddagi Bosh konsulligi xodimi Abduhoshim Mirzaevlar tumanimizga tashrif buyurdilar. Ularni tuman hokimi B.O‘raqov hamda tuman hokimi o‘rinbosari Sh.Noralievlar kutib oldilar.

   Mehmonlar tumanda yetishtirilgan eksportga tayyor qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish jarayonlari bilan tanishdilar. Sotishga tayyor sabzi va sholg‘om mahsulotlarini ko‘risharkan, mahsulotlarning har tomonlama xarid qilishga mosligini e’tirof etdilar.

Jarqo‘rg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati.

Ro`yxatdan o`tish
13 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?