Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
TADBIRKORLIK FAOLIYATINING JADAL RIVOJLANISHINI TA’MINLASHGA, XUSUSIY MULKNI HAR TOMONLAMA HIMOYA QILISHGA VA ISHBILARMONLIK MUHITINI SIFAT JIHATIDAN YAXSHILASHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR QABUL QILINGANLIGI MUNOSABATI BILAN O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA O‘zbekiston Respublikasi 418-son Qonuni
Tadbirlar / 2022-04-27

   Qonunning 3-moddasiga asosan, O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi (keyingi o‘rinlarda O‘zR MJtK deb ataladi)ning 271-moddasi (Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni istisno etuvchi holatlar) 11-band bilan, 305-moddasi (Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish muddatlari) to‘rtinchi qism bilan to‘ldirildi.

   Jumladan, O‘zR MJtKning 271-moddasi 11-bandiga muvofiq, “agar ushbu Kodeks 215-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan tadbirkorlik sub’ektining mansabdor shaxslari yoki xodimlari yoxud tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar huquqbuzarlik aniqlangan paytdan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda yo‘l qo‘yilgan buzilishlarni ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan va (yoki) yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, bundan fuqarolarning hayoti va (yoki) sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan hollar mustasno” deb belgilandi va bunday holatda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni boshlash mumkin emasligi, boshlangan ish esa tugatilishi lozimligi qayd etib qo‘yildi.

   Shunindek, O‘zR MJtKning 305-moddasi to‘rtinchi qismiga muvofiq, “Ushbu Kodeks 271-moddasining 11-bandida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik haqidagi ish ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma va ishning boshqa materiallari ishni ko‘rib chiqishga vakolatli organ (mansabdor shaxs) tomonidan olingan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda ko‘rib chiqiladi” deb mustahkamlab qo‘yildi.

Shu munosabat bilan, Sizga O‘zR MJtKning 215-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilishi holatlari aniqlanganda, ma’muriy ishlarni yuritishda quyidagilarga amal qilish vazifasi topshiriladi:

   Agar tadbirkorlik sub’ektining mansabdor shaxslari  O’zR MJtK 215-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik (davlat statistika hisobotini belgilangan topshirish muddati o‘tgandan so‘ng umuman topshirmaganda)ni birinchi marta (oxirgi 1 yil davomida) sodir etganda, davlat statistika organlari quyidagi ishlarni amalga oshiradilar:

- tadbirkorlik sub’ektining mansabdor shaxsiga davlat statistika hisobotini 30 kunlik muddatda topshirish lozimligi to‘g‘risidagi rasmiy ogohlantirish xati yuboriladi (namunaviy ogohlantirish xati ilova qilinadi);

- agar tadbirkorlik sub’ektining mansabdor shaxsi rasmiy ogohlantirish xatini olgandan so‘ng, davlat statistika hisobotini 30 kunlik muddat ichida topshirsa, unga nisbatan ma’muriy ish yuritish boshlanmaydi (boshlangan ish O‘zR MJtKning 271-moddasi 11-bandi hamda 310-moddasi birinchi qismi 2-bandi va ikkinchi qismiga asosan tugatiladi);

- agar tadbirkorlik sub’ektining mansabdor shaxsi rasmiy ogohlantirish xatini olgandan so‘ng, davlat statistika hisobotini 30 kunlik muddatda taqdim etmasa, unga nisbatan ma’muriy ish yuritishni boshlash uchun rasmiy chaqiruv xati yuboriladi hamda unga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy huquqbuzarlik bayonnomasi  (O’zR MJtKning 281-moddasiga muvofiq) tuziladi;

- tuzilgan ma’muriy huquqbuzarlik bayonnomasini O’zR MJtKning umumiy qoidalari asosida ko‘rib chiqiladi, tegishli qaror (xulosa) qabul qilinadi va zarur harakatlar amalga oshiriladi.

   Agar tadbirkorlik sub’ektining mansabdor shaxslari O’zR MJtK 215-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik (davlat statistika hisobotini xato va kamchiliklar bilan topshirganda, ya’ni hisobot ma’lumotlarini buzib ko‘rsatganda)ni birinchi marta (oxirgi 1 yil davomida) sodir etganda, davlat statistika organlari quyidagi ishlarni amalga oshirishlari lozim:

 tadbirkorlik sub’ektining mansabdor shaxsi, elektron shaklda davlat statistika hisobotini taqdim etish tartibiga ko‘ra belgilangan tartibda davlat statistika hisobotida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etmasa, davlat statistika hisobotidagi xato va kamchiliklarni 30 kunlik muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan holda qayta topshirish lozimligi to‘g‘risidagi rasmiy ogohlantirish xati yuboriladi (namunaviy ogohlantirish xati ilova qilinadi);

- agar tadbirkorlik sub’ektining mansabdor shaxsi rasmiy ogohlantirish xatini olgandan so‘ng, davlat statistika hisobotidagi xato va kamchiliklarni 30 kunlik muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan holda qayta topshirsa, unga nisbatan ma’muriy ish yuritish boshlanmaydi (boshlangan ishni O’zR MJtKning 271-moddasi 11-bandi hamda 310-moddasi birinchi qismi 2-bandi va ikkinchi qismiga asosan tugatiladi);

- agar tadbirkorlik sub’ektining mansabdor shaxsi rasmiy ogohlantirish xatini olgandan so‘ng,
30 kunlik muddatda davlat statistika hisobotidagi yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarini bartaraf etmasa, unga rasmiy chaqiruv xati yuboriladi hamda unga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik bayonnomasi (O’zR MJtKning 281-moddasiga muovfiq)ni tuziladi;

- tuzilgan ma’muriy huquqbuzarlik bayonnomasi O’zR MJtKning umumiy qoidalari asosida ko‘rib chiqiladi, tegishli qaror (xulosa) qabul qilinadi va zarur harakatlar amalga oshiriladi.

Mazkur ko‘rsatmaning 1, 2-bandlarida qayd etilgan qoidalar faqat tashkiliy-huquqiy shakli tasniflagichi bo‘yicha (THShT) tijorat tashkiloti sifatida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslarga nisbatan tadbiq etiladi.

   Ushbu maqsadda, O’zR MJtK 215-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilganda, uni sodir etgan mansabdor shaxs ishlayotgan yuridik shaxsning Korxonalar va tashkilotlarning яgona davlat registri ma’lumotlar bazasida tashkiliy-huquqiy shakli tasniflagichi bo‘yicha (THShT asosida) tijorat yoki notijorat tashkilot ekanligi aniqlab olinadi.

   Agar O’zR MJtK 215-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan mansabdor shaxs ishlayotgan yuridik shaxs Korxonalar va tashkilotlarning яgona davlat registrida tashkiliy-huquqiy shakli tasniflagichi bo‘yicha (THShT asosida) notijorat tashkilot bo‘lsa, ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha ish yuritish O’zR MJtKning umumiy qoidalari asosida hal qilinadi.

   Tadbirkorlik sub’ekti mansabdor shaxsi O’zR MJtK 215-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganda, mazkur mansabdor shaxsning qayd etilgan huquqbuzarlikni haqiqatdan ham birinchi marta sodir etganligiga aniqlik kiritish lozim, bunda:

- avval unga davlat statistika organi tomonidan rasmiy ogohlantirish xati berilganligiga;

- unga nisbatan O’zR MJtK 215-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganligi uchun ma’muriy huquqbuzarlik bayonnomasi tuzilib, O’zR MJtKning 271-moddasi 11-bandi hamda 310-moddasi birinchi qismi 2-bandi va ikkinchi qismiga muvofiq ma’muriy ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi qaror chiqarilganligiga;

- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 17 fevraldagi 39-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy jazoga tortilgan shaxslarni hisobga olish tartibi to‘g‘risida nizom qoidalari asosida tegishli ichki ishlar organlariga talabnoma yuborish orqali uning avval ma’muriy jazoga tortilgan yoki tortilmaganligiga.

-11-bandi hamda 310-moddasi birinchi qismi 2-bandi va ikkinchi qismiga muvofiq ma’muriy ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi qaror chiqarilganligiga;

   O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 17 fevraldagi 39-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy jazoga tortilgan shaxslarni hisobga olish tartibi to‘g‘risida nizom qoidalari asosida tegishli ichki ishlar organlariga talabnoma yuborish orqali uning avval ma’muriy jazoga tortilgan yoki tortilmaganligiga.

  Xuddi shunday huquqbuzarlik tadbirkorlik sub’ekti tomonidan ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, ma’muriy huquqbuzarlik ishi O’zR MJtKning 215-moddasi ikkinchi qismi bilan yuritilishi lozim.

- O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi 2020 yil 17 mart,O’RQ-612-songa asosan O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga 332-moddaning birinchi qismidagi «topshirilgan kundan boshlab o‘n besh» degan so‘zlar «topshirilgan kundan boshlab o‘ttiz» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

- «3321-modda. Jarima solish to‘g‘risidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi bilan to‘ldirilsin. Huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab o‘n besh kun ichida jarima miqdorining yetmish foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.

 

Jarqo‘rg‘on tumani Statistika bo‘limi.

Ro`yxatdan o`tish
21 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?