Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
JARQO`RG`ON TUMANI DAVLAT SOLIQ INSPEKSIYАSI BOSНLIG‘INING HISOBOTI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATI
Tadbirlar / 2022-04-30

    Tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, erkin faoliyat yuritishlarini ta’minlash va tadbirkorlik rivoji yo‘lidagi to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish iqtisodiy barqarorlikka erishishning muhim omillaridan biridir.

   Shu bois bugun mamlakatimizda taraqqiyot lokomativi, yurt tayanchi bo‘lgan siz tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va faoliyatlaringizni rivojlantirish uchun barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratish ustuvor vazifalardan biri sanaladi.

   Ayni maqsadda bir qator soliq imtiyozlari ham taqdim etilgan bo‘lib, bu yurtimiz ishbilarmonlariga faoliyatlarini rivojlantirish va yanada kengaytirish imkonini bermoqda.

   O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-martdagi "Soliq ma’muriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi O‘RQ-758-sonli qonuni bilan Soliq kodeksiga bir qancha o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

   Jumladan, Soliq kodeksining 483-moddasi o‘n ikkinchi-o‘n beshinchi qismlar bilan to‘ldirilib, bu kabi soliq imtiyozlari tadbirkorlarga mablag‘larini tejash va tejalgan mablag‘ni faoliyatlari rivojiga sarflash imkonini beradi.

   Aytish kerakki, keyingi yillarda mamlakatimizda aholi va biznes uchun qulayliklarni oshirish, soliq munosabatlarida inson omilini kamaytirish maqsadida soliq ma'muriyatchiligi tubdan isloh qilinmoqda. xususan, 2020 yilda yangi Soliq Kodeksini qabul qilindi. Soliq turlari 13 tadan 9 taga kamaytirildi.

   Mulk solig'i esa 2 foizdan 1,5 foizga tushdi. Natijada, Jarqo'rg'onlik tadbirkorlarning ham islohotlarga ishonchi ortgan bo'lsa, Jismoniy shaхslardan olinadigan daromad solig'ini to'lovchilar soni 1,2 mingdan 1,5 mingtaga yetdi.

    “Soliqchi-tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida Jarqo’rg’on tumani davlat soliq xizmati xodimlari tomonidan joriy yilning aprel oyi davomida ko‘plab ishlar amalga oshirildi:

 - 114 ta tadbirkorlik sub`yektining 145 dan ortiq muammolari o‘rganilib, ularning 109 tasi bevosita soliq хodimlari ko‘magida hal etildi;

- Soliq xodimlari tomonidan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 463 ta korxonadagi 1754 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolarning faoliyati qonuniylashtirildi;

- 5 ta korхonalarga yer solig'i, 6 ta korхonaga mol-mulk solig'i, 98 ta korхonaga ijtimoiy soliq, 32 ta korхonaga aylanmadan olinadigan soliq, 3 ta korхonaga suv resurslaridan foydalanganlik uchun solig'idan imtiyozlar qo'llanilib qayta hisobotlari olindi.

    Bundan tashqari, tadbirkorlik sub`yektlari ishtirokida 9 marotaba uchrashuvlar o‘tkazilib, soliq qonunchiligidagi yangiliklar hamda hisobotlarni to‘ldirish va topshirish tartiblari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Anvar ALMARDONOV, Jarqo’rg’on tuman davlat soliq

inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
20 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?