Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
RAMAZON HAYITI SHODU XURRAMLIKDA BOSHLANDI
Tadbirlar / 2022-05-02

   Muborak Ramazon hayitining birinchi kuni tumanimizda ham shodu xurramlik va shukronalik kayfiyatida boshlandi. Эrta tongda tumanimizdagi barcha jome masjidlarida hayit namozi oʻqildi.

   Hayit namozi ma’ruzasida ma’naviy qadriyatlarimiz yuksalishi yoʻlida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar, bugungi farovon hayotimiz mazmun-mohiyati haqida soʻz bordi. Insonlarga mehr koʻrsatish hamda yaxshilik qilish savobi haqida aytildi.

   Ramazon hayiti namozida yurtdoshlarimiz shu kunlarga yetkazganiga shukrona aytib, elimizga tinchlik-xotirjamlik, omonlik, qut-baraka tilab duolar qildi.

Jarqo‘rg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati.

Ro`yxatdan o`tish
20 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?