Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
JARQO‘RG‘ONDA VILOYAT HOKIMI SAYYOR QABULI BO‘LIB O‘TDI
Tadbirlar / 2022-05-10

   Bugun Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov boshchiligida sektorlar, boshqarma va tashkilotlar, Xalq qabulxonasi rahbarlarining fuqarolar murojatlarini o‘rganish bo‘yicha navbatdagi sayyor qabuli Jarqo‘rg‘on tumanida bo‘lib o‘tdi.

   Jarqo‘rg‘on tumanining “Nurli diyor” mahallasidagi tekistil fabrikasida o‘tkazilgan ommaviy sayyor qabul davomida 300 ga yaqin aholi murojaatlari tinglandi. Qabul jarayonida ehtiyojmand oilalar muammolarini o‘rganish, ishsiz yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash orqali ularning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlariga ko‘maklashish barobarida aholini qiynab kelayotgan qator ijtimoiy masalalarga ham yechim izlandi.

   Fuqarolardan asosan ish bilan ta’minlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, uy-joy, yo‘llarni ta’mirlash, gaz, suv va elektr ta’minoti, ta’lim, sog‘liqni saqlash, tijorat banklariga oid va boshqa masalalarda murojaatlar kelib tushdi. 

   Qabulda nafaqat Jarqo‘rg‘on tumani, balki qo‘shni tumanlardan kelgan fuqarolar ham ko‘pchilikni tashkil etdi. Muhimi, sayyor qabuldagi murojaatlar e’tiborsiz qolmadi, har bir masalaga yechim izlashga harakat qilindi.

   Endilikda sayyor qabullarda shaxsiy muammolardan ko‘ra, jamoaviy, ijtimoiy hamda tadbirkorlik bilan bog‘liq murojaatlar soni ortib bormoqda. Bu, avvalo, odamlarimizning ruhiyati hamda dunyoqarashi, hayotga, o‘z mehnatining natijasiga munosabati o‘zgarayotganidan dalolatdir.

   Shu tariqa Jarqo‘rg‘onda o‘tkazilgan qabulda har bir murojaatchining masalasi ular ishtirokida shu yerning o‘zida ko‘rib chiqildi, zarur chora-tadbir belgilandi.    Zero, xalqning dardu tashvishi bilan yashash eng asosiy maqsad bo‘lib, uning ro‘yobi yurtimiz ravnaqiga, uning yanada gullab-yashnashiga, fuqarolarning tinch, osuda, farovon hayot kechirishlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Jarqo‘rg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati.

Ro`yxatdan o`tish
22 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?