Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
SEKTOR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI BAHOLASH BO‘YICHA O‘QUV SEMINAR
Tadbirlar / 2022-06-22

     O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyati samaradorligini baholash tartibi to‘g‘risida” gi nizomda belgilangan baholash ko‘rsatkichlarining mazmun-mohiyatini davlat ishchi xodimlari hamda aholi o‘rtasida keng tadbiq etish shuningdek, tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi majlislar zalida sektorlar faoliyati samaradorligini baholash tartibi bo‘yicha tuman hokimi, sektor rahbarlari, hokimning sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, sektor kotiblari, tumandagi 66 nafar  mahallalardagi hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari hamda xotin-qizlar faollari ishtirokida seminar  o‘tkazildi.

     Seminarda sektor rahbarlari faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholash bo‘yicha yangi joriy etilgan tizim muhokama qilindi. Yangi ko‘rsatkichlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

    Tumandagi mahallalardagi hokim yordamchilari va xotin-qizlar faollari hamda yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligini baholashga yo‘naltirilgan reyting tizimining yangi ko‘rsatkichlari yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.

    Shuningdek, Davlat organi va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi, axborot olish erkinligini ta’minlash orqali jamoatchilik nazoratini takomillashtirish bo‘yicha taklif va muammolar ko‘rib chiqildi hamda yakunda ishtirokchilar mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Jarqoʻrgʻon tumani hokimligi Axborot xizmati.

Ro`yxatdan o`tish
3 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?