Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
BARCHA KORXONA VA TASHKILOTLAR DIQQATIGA! INTERNET ORQALI
Tadbirlar / 2022-12-02

       1-nh shakli “HISOBLANGAN ISH HAQI MIQDORI BO‘YICHA HODIMLAR SONINING TAQSIMLANISHI TO‘G‘RISIDA 2022 YIL NOYABR OYI HISOBOTI” yilda bir marta davlat statistika hisbotini topshiruvchi korxona va tashkilotlar 2022 yil 16-dekabrdan kechiktirmay Internet orqali o‘z vaqtida va to‘g‘ri jo‘nating.

Tumandagi barcha faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar tomonidan topshiriladigan davlat statistika xisobotlarini tez va qulay junatish uchun elektron ko‘rinishda yangi “eStat-4” dasturi orqali internet tarmog‘idan taqdim etishlari mumkin.

“eStat-4” dasturi my.stat.uz yoki hisobot.stat.uz elektron manzilidan foydalaniladi (“eStat-4” dasturidan foydalanish uchun yuridik shaxslarni elektron klyuchi bo‘lishi shart).

Internet tizimi orqali elektron shaklda davlat statistika hisobotlarini jo‘natish va qabul qilish tizimi qulayliklar va afzalliklar yaratadi.Shuning uchun 2015 yil 1 yanvardan boshlab barcha davlat statistika hisobotlari faqat elektron shaklda taqdim etiladigan bo‘ldi.

Axborot tizimlarida elektron raqamli imzo ochiq kalitlarining sertifikatlaridan foydalanganda, elektron raqamli imzo ochiq kalitlari sertifikatlarining egalari va Ro‘yxatga olish markazlari O‘zbekiston Respublikasining «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq javobgar ekanliklari hamda ushbu hujjatda belgilanadigan elektron raqamli imzo ochiq kalitlari  egalari tomonidan ta’minlanishi kerak.

Jarqo‘rg‘on tuman statistika bo‘limi.

Ro`yxatdan o`tish
7 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?