Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
“OBOD QISНLOQ” DASTURI ASOSIDA
Tadbirlar / 2021-06-10

    Jarqo‘rg‘on tumanida “Obod qishloq” Dasturi asosida mahallalarda tashkil etilayotgan obodonlashtirish ishlari aholi farovonligi uchun olib borilmoqda.

763058
0

YULDUZ KUMUSH MEDAL SOHIBASI
Tadbirlar / 2021-06-10

   Joriy yilning 4-6 iyun kunlari poytaxtimiz Toshkent shaxrida sportning Sambo turi bo‘yicha kattalar, yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda 16 ta mamlakatdan tashrif buyurgan 350 ga yaqin sportchilar medallar uchun kurash olib bordilar.

763142
0

SEKTOR RAHBARI VA YОSНLAR UCНRASНUVI
Tadbirlar / 2021-06-09

   Jarqo‘rg‘on tumanida yoshlar oyligi davomida tadbirlar, tanlovlar bilan bir qatorda yoshlarning sektor rahbarlari bilan uchrashuvlari ham tashkil etilmoqda. Bugun shunday uchrashuv 2-sektor rahbari, tuman prokurori B.Haydarov bilan bo‘lib o‘tdi. Unda sektor hududidagi mahallalarda yashovchi uyushmagan hamda bitiruvchi yoshlari ishtirok etdilar. Tumandagi 61-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan uchrashuv erkin, ochiq hamda samimiy ruhda o‘tdi. Yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savollari, takliflari hamda muammolari bo‘yicha sektor rahbari bilan muloqotda bo‘lishdi.

763209
0

YОZGI OROMGOHLARDA
Tadbirlar / 2021-06-09

   Joriy yilda Jarqo‘rg‘on tumanidagi 10 ta ta’lim maskanlarida yozgi oromgohlar tashkil etildi. Bu oromgohlar 7-, 11-, 25-, 36-, 19-, 33-, 23-, 24-, 54-sonli umumtalim maktablari hamda 12-sonli aniq fanlar chuqurlashtirib o‘rgatiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tashkil etildi.

763215
0

FUQAROLAR SAYYОR QABULI
Tadbirlar / 2021-06-09

   Bugun ham, har galgidek tuman hokimi B.O‘roqov tomonidan  1-sektor shtabida fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Unda sektorga aloqador korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishib, tegishliligi bo‘yicha fuqarolar muammolari tinglandi.

763225
0
Ro`yxatdan o`tish
2 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?